ZAGSdan o‘tmay diniy nikoh o‘qitganlarga jarima oshirildi

O‘zbekistonda ZAGSdan o‘tmasdan diniy nikoh marosimini o‘tkazganlik uchun jarima miqdori oshirildi. Ilgari bu qoidabuzarlik uchun eng ko‘p jarima 13,2 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, endi u 22 million so‘mgacha yetdi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47³-moddasiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzganlik uchun jarima 2,2–4,4 million so‘mdan 4,4–6,6 million so‘mgacha oshirildi.
Shuningdek, voyaga yetmagan farzandini turmushga bergan yoki uylantirgan ota-ona va vasiylarga solinadigan jarima miqdori ham ko‘tarildi. Ilgari 3,08–6,6 million so‘m bo‘lgan jarima endi 8,8–11 million so‘mni tashkil etadi.
Nikohni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan diniy marosim o‘tkazish, jumladan, nikoh yoshiga yetmaganlar bilan diniy nikoh o‘qish uchun jarima esa 6,6–13,2 million so‘mdan 13,2–22 million so‘mgacha oshirildi.






























Izohlar 0
…