Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam berilishi mumkin

O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalarga joriy yil noyabr oyida bir martalik 1 million so‘mdan moddiy yordam berish taklif etilmoqda. Bu haqda 13 oktyabr kuni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan Prezident farmoni loyihasida aytilgan.
Yordam faqat Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga emas, balki daromadi belgilangan mezondan oshmaydigan boshqa ehtiyojmand xonadonlarga ham berilishi mumkin. Yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashaydigan oilalar ham qamrab olinadi.
Shuningdek, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘mir uchun kompensatsiya olish imkoniyatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Gazlashtirilmagan hududlarda esa isitish mavsumida elektr energiyasining bazaviy me’yorini 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatgacha oshirish taklif etilgan.
Bundan tashqari, ehtiyojmand oilalarga suyultirilgan gaz uchun har kilogrammga 3 ming so‘mdan, oyiga 20 kilogrammgacha kompensatsiya berish rejalashtirilmoqda.
Eslatma: bu choralar hozircha loyiha sifatida taklif qilingan. Ular tasdiqlansa, belgilangan tartibda amalga kiritiladi.






























Izohlar 0
…