O‘zbekistonda nikohlar soni nega ketma-ket 4 yildan beri kamaymoqda?

O‘zbekistonda nikohlar soni nega ketma-ket 4 yildan beri kamaymoqda?

O‘zbekistonda nikohlar soni so‘nggi yillarda izchil kamayib bormoqda. 2026 yilning birinchi yarmida mamlakat bo‘yicha 92,3 mingta nikoh rasman qayd etildi. Bu ko‘rsatkich oila qurish bilan bog‘liq statistikadagi pasayish davom etayotganini ko‘rsatadi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, nikohlar soni 2022 yildan buyon har yili qisqarib kelmoqda. Agar 2021 yilda 305,2 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 2022 yilda bu raqam 296,7 mingtani tashkil qilgan.

2023 yilda 283,8 mingta nikoh rasmiylashtirilgan. 2024 yilda ko‘rsatkich 271,8 mingtaga, 2025 yilda esa 267,1 mingtaga tushgan.

Nikohlar soni qaysi yillarda eng yuqori bo‘lgan?

Mustaqillik yillari davomida nikohlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 2018 yilda kuzatilgan. O‘sha yili 311,4 mingta nikoh qayd etilgan. 2021 yilda ham bu raqam 305,2 mingtaga yetgan.

Eng past ko‘rsatkichlar esa 1995–2000 yillarga to‘g‘ri keladi. Jumladan, 1995 yilda 170,8 mingta, 2000 yilda esa 168,9 mingta nikoh rasmiylashtirilgan.

Yillar bo‘yicha nikohlar soni:

  • 1991 yil — 270,3 mingta;

  • 1995 yil — 170,8 mingta;

  • 2000 yil — 168,9 mingta;

  • 2005 yil — 184 mingta;

  • 2010 yil — 292,3 mingta;

  • 2015 yil — 287,6 mingta;

  • 2018 yil — 311,4 mingta;

  • 2020 yil — 296,8 mingta;

  • 2021 yil — 305,2 mingta;

  • 2022 yil — 296,7 mingta;

  • 2023 yil — 283,8 mingta;

  • 2024 yil — 271,8 mingta;

  • 2025 yil — 267,1 mingta.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar