Saida Mirziyoyeva Mar-a-Lagoda AQSH elchisi bilan uchrashdi

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan Mar-a-Lagoda uchrashuv o‘tkazdi. U samimiy mehmondo‘stlik va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, muloqotni mazmunli, konstruktiv va samarali deb baholadi.
Saida Mirziyoyeva taʼkidlashicha, uchrashuvda tomonlar o‘zaro muloqotni kengaytirib, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Ushbu suhbat ikki tomonlama munosabatlarni yana-da rivojlantirish, siyosiy va diplomatik aloqalarni mustahkamlash nuqtai nazaridan ahamiyatli bo‘ldi.
Uchrashuvda AQSH prezidenti Donald Trampning kenja qizi Tifani Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Maykl Bulos ham ishtirok etdi. Saida Mirziyoyeva ushbu samimiy qabul uchun chin dildan minnatdorligini bildirib, uchrashuvning barcha tomonlar uchun foydali va mazmunli bo‘lganini taʼkidladi.
Shuningdek, u yaqin kunlarda Vashingtonda ham samarali va mazmunli uchrashuvlar o‘tkazilishiga umid bildirdi. Mar-a-Lagodagi uchrashuv va Vashingtondagi ehtimoliy muloqotlar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi diplomatik va siyosiy hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bu kabi uchrashuvlar ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirib, hamkorlikni kengaytirish va istiqboldagi strategik masalalarni muhokama qilish uchun muhim imkoniyat yaratadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!