Qashqadaryoda kutilmaganda qor yog‘di

Qashqadaryoda kutilmaganda qor yog‘di

Bugun, 4 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasining yuqori hududlarida kutilmaganda qor yog‘di. Hududda havo harorati keskin pasayib, sovuq ob-havo kuzatildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, qo‘riqxonaning Miraki va G‘elon bo‘limlari yuqori hududlari qor bilan qoplangan. Shuningdek, “Hisor” davlat qo‘riqxonasida havoning keskin sovishi qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, “Hisor” davlat qo‘riqxonasi 1983 yilda Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan. Qo‘riqxonani barpo etishdan asosiy maqsad “Hisor” tizmasi shimoli-g‘arbiy tarmoqlaridagi tabiiy komplekslarni asl holicha saqlab qolish, ularda kechayotgan tabiiy jarayonlarni o‘rganish, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslarini amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, yovvoyi tabiatdagi noyob o‘simlik va hayvonot dunyosini asrab-avaylashdan iborat.

Qorli tog‘ cho‘qqisining ustini quyuq bulutlar qoplab turibdi.

Qo‘riqxona hududi G‘elon, Miraki, Tanxozdaryo va Qizilsuv bo‘limlaridan tashkil topgan.

Ayni paytda qo‘riqxonaning baland tog‘li hududlarida kuzatilgan qor yog‘ishi va havoning keskin sovishi diqqatni tortmoqda. Bu hududning tog‘li iqlimi va tabiiy sharoiti o‘ziga xos ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar