Kelasi hafta bizni xursand qiluvchi ob-havo kutmoqda

Kelasi hafta ob-havo ixlosmandlarini yoqimli yangiliklar kutmoqda. Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, seshanba kunidan boshlab havo harorati asta-sekin pasayib, ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Prognozlarga qaraganda, bir necha kun davom etadigan yog‘ingarchilik tufayli jazirama biroz chekinadi va harorat 23 darajagacha tushishi mumkin. Ayniqsa, yozning ilk issiqlaridan charchagan fuqarolar uchun bu ob-havo ancha qulay bo‘lishi aytilmoqda.
Mutaxassislar ayrim joylarda momaqaldiroq va shamol kuchayishi ehtimolini ham inkor etmayapti. Shu bois haydovchilar va piyodalarga ehtiyotkor bo‘lish tavsiya qilinmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda ham yomg‘irli va salqin kunlar haqidagi xabarlar qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ko‘pchilik foydalanuvchilar bunday ob-havoni “kutilgan nafas rostlash” deb baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing