date

Saida Mirziyoyeva Buxorodagi bog‘cha va poliklinikalar ahvolini juda achinarli ekanini ta'kidladi

Saida Mirziyoyeva Buxorodagi bog‘cha va poliklinikalar ahvolini juda achinarli ekanini ta'kidladi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buxoroga safari davomida ayrim bog‘cha va poliklinikalar holati bilan tanishdi. Uning ta’kidlashicha, ko‘zdan kechirilgan muassasalarning ahvoli juda achinarli bo‘lib, ularni zudlik bilan ta’mirlash zarur.

Ma’lum qilinishicha, 1977 yilda ochilgan 21 sonli bolalar bog‘chasi qaytadan quriladi. Shuningdek, 46 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatuvchi 9 sonli poliklinika uchun yangi bino barpo etiladi.

Hozirda ushbu poliklinika 1972 yilda qurilgan va tibbiy standartlarga javob bermaydigan binoda joylashgan. Mazkur bino avval kam ta’minlangan fuqarolar uchun mo‘ljallangan yotoqxona bo‘lgani aytildi.

Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, bu bino ham to‘liq ta’mirlanadi va u yerda yashovchilarning sharoiti yaxshilanadi. Bundan tashqari, kelgusi ikki yil ichida Buxoro viloyatining chekka tumanlaridagi yana 36 ta poliklinikani rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Saida Mirziyoyeva Buxorodagi bog‘cha va poliklinikalar ahvolini juda achinarli ekanini ta'kidladi