O‘zbekiston va Serbiya prezidentlari Bokuda uchrashdi

O‘zbekiston va Serbiya prezidentlari Bokuda uchrashdi
Qisqacha

Boku shahrida o'tayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi doirasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich uchrashuv o'tkazdilar. Muzokara davomida ikki mamlakat o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarni rivojlantirish hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar beradi.

Tomonlar O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Suhbat davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, qayta ishlash, kimyo va elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi hamda turizm sohalarida kooperatsiya dasturlarini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, gumanitar hamkorlikni kengaytirish, xususan, rektorlarning birinchi forumini hamda kino va madaniyat kunlarini o‘zaro o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi. Yetakchilar xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashib, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildilaravaa

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar