date

O‘quvchilarni boshqa maktabga ko‘chirish 1 avgustdan tiklanadi

O‘quvchilarni boshqa maktabga ko‘chirish 1 avgustdan tiklanadi

O‘zbekistonda o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati vaqtincha to‘xtatiladi. Mazkur xizmat 2026 yil 26 maydan 31 iyulga qadar ishlamaydi.

Bu davrda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash hamda o‘quvchilarni sinfdan sinfga o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.

Shu sababli "erp.maktab.uz" elektron platformasi orqali maktab almashtirish bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi. Platformada yangi o‘quv yili uchun texnik va tashkiliy ishlar olib boriladi.

Ma’lumotga ko‘ra, o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish xizmati 2026 yil 1 avgustdan qayta ishga tushiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘quvchilarni boshqa maktabga ko‘chirish 1 avgustdan tiklanadi