date

Restoran va kafelar uchun muhim yangilik: ishchi yollash osonlashadi

Restoran va kafelar uchun muhim yangilik: ishchi yollash osonlashadi

O‘zbekistonda 1 iyundan boshlab umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun yangi qulaylik joriy etiladi. Endilikda kafe, restoran va boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlari xodimlarni qisqa muddatga — hatto bir kun yoki bir haftaga ham rasmiy tarzda ishga jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mazkur tartib Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan farmon asosida amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, ish beruvchilar ayrim toifadagi xodimlarni mehnat organlarining maxsus mobil ilovasi orqali soddalashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
Yangi mexanizmning asosiy afzalligi shundaki, ishchini qabul qilish va unga haq to‘lash jarayoni bir kun ichida rasmiylashtiriladi. Bu esa ayniqsa mehmonxona, restoran va turizm sohasida mavsumiy yoki qisqa muddatli ishchi kuchiga ehtiyoj yuqori bo‘lgan korxonalar uchun katta yengillik yaratadi.
Jahongir Abdiev ta’kidlashicha, ushbu tartib sohadagi amaldagi ehtiyojlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. Chunki ko‘plab tadbirkorlar qisqa muddatga ishchi jalb qilishda ortiqcha byurokratik to‘siqlarga duch kelayotgan edi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur tashabbus mehnat bozorida keng tarqalgan mavsumiy va vaqtinchalik bandlik shakllarini qonuniy asosda tartibga solishga xizmat qiladi. Mutaxassislar fikricha, bu yangilik tadbirkorlar uchun ham, vaqtinchalik ish izlayotgan fuqarolar uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Restoran va kafelar uchun muhim yangilik: ishchi yollash osonlashadi