Ehtiyot bo‘ling! O‘zbekiston do‘konlarida 73 nomdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

Ehtiyot bo‘ling! O‘zbekiston do‘konlarida 73 nomdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistondagi savdo do‘konlarida sotilayotgan 73 nomdagi mahsulot belgilangan sifat va texnik talablarga javob bermasligi aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qo‘mita hamkor tashkilotlar bilan birgalikda chakana savdo nuqtalarida sotilayotgan iste’mol tovarlari sifatini tekshirish maqsadida nazorat xaridlarini amalga oshirgan. Xarid qilingan mahsulotlar akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda sinovdan o‘tkazilgan.

2026 yilning dastlabki sakkiz oyida jami 60 turdagi 558 nomdagi mahsulot o‘rganilgan. Tekshiruvlar natijasida ularning 73 nomdagisi amaldagi normativ-texnik talablarga mos kelmasligi ma’lum bo‘lgan.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish, shuningdek, talablarga javob bermaydigan tovarlarni savdo rastalaridan qaytarib olish masalasini ko‘rib chiqish uchun materiallar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga yuborilgan.

Raqobat qo‘mitasi iste’molchilar huquqlari va salomatligini himoya qilish maqsadida nazorat tadbirlari davom ettirilishini bildirgan.

Ta’kidlash joizki, rasmiy xabarda sifatsiz deb topilgan mahsulotlarning aniq nomlari va ishlab chiqaruvchi brendlari keltirilmagan. Shu bois hozircha muayyan mahsulot yoki brendni talabga javob bermaydi, deb aytish uchun asos yo‘q.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar