7 786
Janubiy Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi viza olish jarayonini soddalashtirdi
2018 yil 21 sentyabrdan boshlab Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi tanlangan toʻqqizta vakolatli sayyohlik firmalari orqali hujjatlarni taqdim etishning yangi tartibini joriy etmoqda.
“Koreya Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar mustahkamlanishi munosabati bilan viza olish uchun ariza berganlar soni keskin oʻsdi. Bu esa, oʻz navbatida, tekshirish va viza berishda biroz kechikishlarga, ariza beruvchilarning hujjatlarni topshirish vaqtida va natijalarni olishida kutib qolishiga olib keldi”, - deyiladi elchixona xabarida.
Yuqoridagi muammolarni hal qilish maqsadida elchixona toʻqqizta sayyohlik firmasini tanlab oldi, ular viza olish uchun hujjatlarni topshirish va elchixonaning oʻrniga vizalarni yoki rad javobini berish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi.
Diplomatik missiyadan taʼkidlashlaricha, shu sababli murojaat etuvchilar qulay joylashgan vakolatli sayyohlik firmalariga hujjatlarni taqdim etishlari va u yerdan tayyor vizalarni olishlari mumkin. Shu tariqa, ularning vaqti va puli tejaladi. Ushbu qoida hujjatlarni topshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va xorijiy fuqarolarga nisbatan amal qiladi.
Shuni nazarda tutingki, 2018 yil 21 sentyabrdan 2018 yil 1 oktyabrgacha elchixona hujjatlarni qabul qilish va natijalarni berish faoliyatini vakolatli sayohatlik firmalari bilan birgalikda amalga oshiradi.
Shu bilan birga, 2018 yil 2 oktyabrdan boshlab hujjatlarni qabul qilish va natijalarni berish faqatgina vakolatli turistik firmalar orqali amalga oshiriladi.
Vakolatli sayyohlik firmalari Toshkent va Samarqandda joylashgan.
Sayyohlik firmalari roʻyxati: GOLDEN TOUR, VIP-LARUS, ORIGINAL EVEREST, AYURVEDA TOUR, ORIENT DESK SERVICE, FLY TEAM, BESTA, ONGDALSAM (Samarqand) va ASPAN TOUR. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)