Chimyon tog‘ida yo‘ldan adashgan 7 nafar kishi qutqarildi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Chimyon tog‘ida yo‘lni topa olmay qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Chimyon» mahallasi hududida 7 nafar kishi sayrga chiqqan va yo‘ldan adashib, tog‘dan tusha olmay qolgan.
Xabar tushishi bilanyoq Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi xodimlari hodisa joyiga yo‘l oldi. Qutqaruvchilar fuqarolarni xavfsiz hududga olib tushishdi.
Hodisa vaqtida hech kim tan jarohati olmagani ma’lum qilindi.





























Izohlar 0
…