Alimentdan qochgan ota tandir ichidan topildi

Alimentdan qochgan ota tandir ichidan topildi

Navoiy viloyatida aliment to‘lovidan uzoq vaqt davomida bo‘yin tovlab kelgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan g‘ayrioddiy joydan aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, Karmana tumanida yashovchi fuqaro sud qaroriga muvofiq farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lashi lozim bo‘lgan. Biroq u ikki yil davomida mazkur majburiyatni bajarmasdan kelgan.

Bu vaqt ichida uning aliment bo‘yicha qarzdorligi qariyb 71 million so‘mga yetgan. Qarzdor shaxsning qayerdaligi noma’lum bo‘lib qolgani sababli ijro hujjatlari qidiruv bo‘limiga yuborilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida erkak Karmana tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida yashiringan holda topildi. Eng qizig‘i, u qidiruvchilardan yashirinish maqsadida tandir ichiga kirib olgani ma’lum bo‘lgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, holat sudda ko‘rib chiqildi.

Sud qaroriga ko‘ra, aliment majburiyatini bajarmasdan kelgan qarzdor shaxsga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar