13:44 / 27.06.2022
992

Badiiy gimnastika bo‘yicha OCH: O‘zbekistonda 6 ta oltin va 3 ta kumush

Badiiy gimnastika bo‘yicha OCH: O‘zbekistonda 6 ta oltin va 3 ta kumush
Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tailandning Pattayya shahri mezbonlik qilgan qit’a birinchiligining so‘nggi kunida 17 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Taxmina Ikromova halqa, to‘p va bulava mashqlarida tengsiz, deb topildi. Shuningdek, Sabina Tashkenbayevaning to‘p bilan amalga oshirgan dasturi kumush medalga loyiq ko‘rildi.

Guruh mashqida 3 tasma va 2 to‘p bilan o‘z dasturini ijro qilgan qizlar ham qit’a vakilalari orasida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etishdi.

Jamoa hisobiga yana 2 ta oltin medalni yoshlar toifasida Evelina Atalyansning bulava, Vilana Savadyanning esa tasma bilan chiqishi keltirdi. Guruh mashqida 5 to‘p bilan o‘z chiqishlarini namoyish etgan qizlar esa shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarilishdi.

Shu tariqa, terma jamoaning mazkur qit’a birinchiligida jamg‘argan medallari 10 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Badiiy gimnastika bo‘yicha OCH: O‘zbekistonda 6 ta oltin va 3 ta kumush