27 yoshli ayol erkaklar futbol jamoasini chempion qildi


Gonkong chempionatining so‘nggi turida “Istern” jamoasi “Saut Chayna” bilan kuch sinashdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Istern” Gongong chempioni bo‘ldi. E’tiborga loyiq tomoni shundaki, 27 yoshli ayol Chan Yun-tin “Istern” bosh murabbiyi hisoblanadi. U jamoani 2015 yil dekabr oyida qabul qilib olgandi. Chan Yun-tin futbol tarixida erkaklar jamoasini chempion qilgan birinchi ayol murabbiy sifatida qayd etildi.
Ta’kidlash joiz, “Istern” jamoasi so‘nggi bor 20 yil avval chempion bo‘lgan edi, deb xabar beradi "Darakchi"nashri.































Izohlar 0
…