
Argentinada bo‘lib o‘tayotgan 20 yoshlilar o‘rtasidagi mundialning 3-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Kecha Gvatemalani 2:0 hisobida taslim etgan vakillarimiz "A" guruhida 2-o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega chiqqandi.
Mazkur bosqichda vakillarimiz Isroil yoshlari bilan kuch sinashadi. Taniqli "Transfermarkt" portali talqiniga ko‘ra, raqib jamoa tarkibidagi futbolchilarning umumiy transfer qiymati 3.09 million yevrodan iborat. O‘zbekiston U20 termasining transfer narxi esa 2.15 million yevro.
Vakillarimiz tarkibida eng qimmat futbolchi Umarali Rahmonaliyev hisoblanadi (350 ming dollar). Shuningdek, Isroil tarkibida transfer narxi eng yuqori futbolchi - Ilay Madmun (400 ming yevro).
   “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!    Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar