TOP-10: Xalk, Messi va boshqa eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro‘yxati

Zamin.uz blogi 10 nafar eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar bilan Sizni tanishtiradi.
10. Djekson Martines

Maoshi: 12,5 mln. evro
Klubi: «Guanchjou Evergrand»
Martines madridning "Atletiko" klubidan ketgandan so‘ng qishda Xitoyga bordi va u erda 6 oydan buyon o‘ynab yaxshigina daromad orttirib oldi, endi Evropaga qaytishni xohlamoqda.
8-9. Esekel Lavessi

Maoshi: 13 mln. evro
Klubi:«Xebey Chayna Fortun»
Lavessi ham xuddi shunday yo‘lni bosib o‘tdi, xuddi Martines singari qishda PSJ dan ketib Xitoyga bordi. Italiyadan taklif bo‘lishiga qaramasdan, Esekel Xitoy ligasida o‘ynab yuqori daromad olishga qaror qildi.
8-9. Pol Pogba

Maoshi: 13 mln. evro
Klubi:«Manchester Yunayted»
Dunyoning eng qimmat futbolchisi ("Yuventus" dan 105 mln. evroga transfer qilingan), yomon o‘yin ko‘rsatmayapti va moliyaviy jihatdan ham ancha ustunlikka ega bo‘ldi Italiyada o‘ynagan davri bilan solishtirganda.
7. Tomas Myuller

Maoshi: 13,5 mln. evro
Klubi:«Bavariya»
"Bavariya" ning etakchisi Tomas Myuller o‘z maoshini halollab olmoqda, chunki u maydonda ikki kishining ishini bajarmoqda.
5-6. Grasiano Pelle

Maoshi: 16 mln. evro
Klubi: «Shandun Lunen»
Grasiano Evro 2016 da o‘zini yomon ko‘rsatmadi, musobaqadan keyin darrov mazkur italiyalik Xitoy klubidan taklif oldi. Pelle uzoq o‘ylab o‘tirmasdan rozi bo‘ldi, vaholonki u "Chelsi" da A.Konte qo‘l ostida o‘ynashi ham mumkin edi.
5-6. Zlatan Ibragimovich

Maoshi: 16 mln. evro
Klubi: «Manchester Yunayted»
Zlatan "Manchester Yunayted" ga erkin agent sifatida o‘tdi, u 34 yoshda bo‘lishiga qaramasdan yaxshi o‘ynamoqda va chiroyli gollar kiritmoqda, oladigan maoshini ham aniq oqlamoqda.
4. Neymar

Maoshi: 19 mln. evro
Klubi: «Barselona»
Braziliyalik "Barselona" dagi omadli va yorqin mavsumdan keyin oladigan maoshini oshirilishiga erishdi.
2-3. Xalk

Maoshi: 20 mln. evro
Klubi: «Shanxay SIPG»
Xalk ushbu yozda "Zenit" dan Xitoyga o‘tdi, yangi jamoasidagi birinchi o‘yinidayoq raqib darvozasiga gol urishga erishdi va jiddiy jarohat ham oldi. Xalk o‘z transferi bilan "Zenit" ning yaxshigina pul ishlab olishiga hissa qo‘shdi, shuningdek uning Rossiyaga kelishida yaxshi taassurotlar qoldi.
2-3. Lionel Messi

Maoshi: 20 mln. evro
Klubi: «Barselona»
Dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi hammadan ko‘p maosh olishi kerak, Messi har bir o‘yinda o‘zining maoshi darajasida o‘ynashga intilmoqda. O‘ylashga qo‘rqasan kishi, agar u Xitoyda to‘p surishga qaror qilsa qancha maosh olishi mumkin.
1. Krishtianu Ronaldu

Maoshi: 21 mln. evro
Klubi: «Real Madrid»
Ronaldu barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘zining asosiy raqobatchisidan o‘zib ketishga harakat qilmoqda, tvitterdagi obunachilaridan boshlab erishgan yutuqlarigacha, shuningdek o‘zining maoshi bo‘yicha ham Messini ortda qoldirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing