08:28 / 02.10.2024
10

Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turida qayd etilgan natijalar bilan tanishing

Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turida qayd etilgan natijalar bilan tanishing
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 1 oktyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Arsenal” “Emireyts” stadionida “PSJ”ni qabul qildi. Uchrashuvning 20-daqiqasida Kay Havers hisobni ochdi. 35-daqiqada esa Bukayo Saka londonliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limda esa darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Arsenal” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

“Barselona” “Yang Boyz”ni 5:0 hisobida taslim etdi. Kataloniyaliklar tarkibida Levandovski dubl qayd etgan bo‘lsa, Martines va Rafinya bittadan gol muallifiga aylandi. Yana bir gol Kamara hisobiga avtogol sifatida yozildi.

“Borussiya D” “Seltik” ustidan 7:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dortmundliklar tarkibida Karim Adeyemi het-trik, Girassi dubl muallifiga aylandi. Nmecha va Jan ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

“Manchester Siti” “Slovan” mehmoni bo‘ldi. 8-daqiqada Gundogan hisobni ochdi. 15-daqiqada esa Fil Foden “shaharliklar”ning ikkinchi golini urdi. 58-daqiqada esa Holand hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 74-daqiqada Makate o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Shuningdek, “Inter” “Srvena Zvezda”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. “Milan” esa “Bayer”ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. “PSV” va “Sporting” bahsida esa 1:1 hisobi qayd etildi.

YECHL
2-tur

1 oktyabr, seshanba

“Arsenal” – “PSJ” 2:0
Gollar
: 1:0 – 20 Havers, 2:0 – 35 Saka.
“Arsenal”: Rayya, Kalafori, Gabriel, Saliba, Timber (Kiver, 46), Rays, Parti (Merino, 64), Martinelli, Saka (Lyuis-Skelli, 90+2), Havers, Trossard (Gabriel Jezus, 74).
“PSJ”: Donnarumma, Mendesh, Pacho, Markinos, Hakimi, Joau Nevesh, Vitinya (Fabian Ruis, 64), Zair-Emeri, Li Kan In, Due (Kolo-Muani, 64), Barkolya.
Ogohlantirishlar: Kalafori (76), Fabian Ruis (76).

“Barselona” – “Yang Boyz” 5:0
Gollar
: 1:0 – 8 Levandovski, 2:0 – 34 Rafinya, 3:0 – 37 Martines, 4:0 – 51 Levandovski, 5:0 – 81 Kamara (avtogol).
“Barselona”: Penya, Balde, Martines (Kuenka, 84), Kubarsi (Fort, 64), Kunde, Pedri (Fati, 64), Kasado, Ferran Torres, Rafinya, Yamal (de Yong, 75), Levandovski (Viktor, 75).
“Yang Boyz”: Keller, Hajam, Bani-Zukru, Kamara, Blum (Atekame, 58), Lauper, Ugrinich (Nyasse, 58), Imeri (Lakomi, 82), Kolli (Virjiniyus, 73), Almada Monteyru, Itten (Ganvula, 73).
Ogohlantirishlar: Kolli (36), Ugrinich (40).

“Borussiya D” – “Seltik” 7:1
Gollar
: 1:0 – 7, penalti Jan, 1:1 – 9 Maeda, 2:1 – 11 Adeyemi, 3:1 – 29 Adeyemi, 4:1 – 40, penalti Girassi, 5:1 – 42 Adeyemi, 6:1 – 66 Girassi, 7:1 – 79 Nmecha.
“Borussiya D”: Kobel, Ryuyerson, Shlotterbek, Anton, Yan Kouto (Bensebayni, 62), Gross (Nmecha, 61), Jan, Brandt (Bayer, 61), Gittens, Adeyemi (Dyuranvil, 48), Girassi (Zabitser, 70).
“Seltik”: Shmeyxel, Teylor (Vale, 46), Skeylz, Trasti, Jonston (Ralston, 86), Paulu Bernardu (Xatate, 46), Makgregor, Engels, Maeda, Furuxasi (Ida, 63), Kyun (Yan Xen Chjun, 63).
Ogohlantirishlar: Shmeyxel (6), Gross (32), Xatate (74), Bensebayni (90+3).

“Slovan” – “Manchester Siti” 0:4
Gollar
: 0:1 – 8 Gundogan, 0:2 – 15 Foden, 0:3 – 58 Holand, 0:4 – 74 Makati.
“Slovan”: Takach, Vimmer, Bayrich, Kashiya, Blekmen, Savvidis, Ignatenko (Szoke, 63), Vayss (Sharani, 63), Tolich (Paushek, 79), Barsegyan (Mak, 85), Streles (Marselli, 79).
“Manchester Siti”: Ortega, Gvardiol (Uoker, 78), Stounz, Akanji (Ruben Diash, 61), Lyuis, Gundogan, Mateush Nunesh, Savio, Foden (Grilish, 78), Doku, Holand (Makati, 61).

“Bayer” – “Milan” 1:0
Gol
: 1:0 – 51 Bonifase.
Bayer – Gradetski, Inkapie, Ta, Tapsoba, Virts (Tella, 89), Adli (Palasios, 82), Grimaldo (Belosyan, 89), Frimpong, Aleish Garsiya (Andrix, 75), Jaka, Bonifase (Terre, 75).
Milan – Menyan, Teo, Tomori, Gabbiya, Emerson, Loftus-Chik, Fofana, Reynders, Pulishich (Chukvueze, 79), Leau, Abraham (Morata, 62).
Ogohlantirishlar: Garsiya (8), Frimpong (74), Morata (84), Chukvueze (90+3).

“Inter” – “Srvena Zvezda” 4:0
Gollar
: 1:0 – 11 Chalhanoglu, 2:0 – 59 Arnautovich, 3:0 – 71 Martines, 4:0 – 81, penalti Taremi.
Inter – Zommer, Bastoni (Bissek, 74), de Vrey (Acherbi, 64), Pavar, Karlos Augusto, Dumfris, Mxitaryan (Frattezi, 64), Chalxono‘g‘li (Aslani, 70), Zelinski, Arnautovich (Martines, 64), Torimiy.
Srvena Zvezda – Glazer, Jiga, Spayich, Drkushich (Rodich, 89), Seul Yon U, Elshnik, Krunich (Dalsiu, 89), Olayinka, Maksimovich (Radonich, 70), Mvumpa (Bruno Duarte, 70), Ndiaye (Ilich, 69).
Ogohlantirishlar: Mxitaryan (15), de Vrey (48), Elshnik (69).

“PSV” – “Sporting” 1:1
Gollar
: 1:0 – 15 Sxauten, 1:1 – 83 Daniel Bragansa.
PSV – Benites, Dams, Boskalli, Flamingo, Mauro Junior (Karsdorp, 65), Saybari (Lang, 66), Til (Ledesma, 79), S'hauten, Tillman, de Yong, Bakayoko.
Sporting – Israel, Inasiu, Diomande (Kuarejma, 32), Debast, Katamu (Daniel Bragansa, 52), Trinkau (Arauxo, 80), Santush (Harder, 79), Yulmand, Morita, Kenda, Dokeresh.
Ogohlantirishlar: Mauro Junior (22), Kenda (53), Tillman (64), Bragansa (85), Lang (87).

Zalsburg — Brest 0:4
Gollar
: Sima (24, 71), Kamara (66), Pereyra Laje (76).
Zalsburg – Blasvix, Dedich, Baydu (Blank, 77), Piontkovski, Morgalla (Baychetich, 77), Klark (Dorjeles, 61), Gurna-Duat (Diambu, 77), Bidstrup (Kapaldo, 61), Glux, Konate, Dagim.
Brest – Bizot, Aydara, Kulibali, Le Kardinal, Lala, Manetti, Fernandesh (Marten, 63), Kamara (Dumbiya, 75), Del Kastiyo (Balde, 63), Sima (Pereyra Laje, 75), Ajork (Fevr, 85).
Ogohlantirishlar: Le Kardinal (15), Glux (18), Aydara (26), Baydu (62), Dagim (86).

Shtutgart — Sparta 1:1
Gollar
: Miyo (7) — Kayrinen (32).
Shtutgart – Nyubel, Mittelshtadt, Shabo, Ruo, Shtensel (Cheyz, 62), Shtiller, Karazor (Ture, 76), Miyo, Leveling (Rider, 84), Undav, Demirovich (Fyurix, 62).
Sparta – Vindal-Yensen, Zeleni, Panak, Vitik, Presiado, Rinesh, Lyachi (Sadilek, 70), Kayrinen, Garaslin (Krasniki, 81), Birmanchevich, Rahmani (Olatunji, 70).
Ogohlantirishlar: Shtensel (12), Kayrinen (77).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turida qayd etilgan natijalar bilan tanishing
ePN