17:18 / 23.03.2025
30 226

Shomurodovning penaltisini qaytargan darvozabonga O‘zbekiston klublaridan taklif bor

Shomurodovning penaltisini qaytargan darvozabonga O‘zbekiston klublaridan taklif bor
Qirg‘iziston terma jamoasi darvozaboni Erjan Tokatayevga Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston chempionatlaridan qiziqish bo‘lmoqda. Bu haqda jurnalist Aleksandr Troitskiy Telegram kanalida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Jahon chempionati saralashi 7-tur doirasidagi O‘zbekistonga qarshi bahsda ko‘rsatgan o‘yinidan keyin bir nechta klublar Tokatayevga aloqaga chiqqan. Ular orasida Rossiya Premer Ligasi va Birinchi Ligasi jamoalari, Qozog‘iston hamda O‘zbekistonning ikkita klubi bor. Hozircha ushbu jamoalarning nomi oshkor qilinmagan.

Futbolchi Toshkentdagi o‘yinda 8 ta seyv amalga oshirdi va Eldor Shomurodov tomonidan amalga oshirilgan penaltini qaytardi. Shuningdek, u Sofascore tomonidan uchrashuvning eng yaxshi 2-o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi — 8,5 ball.

Erjan Tokatayev hozirda Turkiya Birinchi Ligasi jamoasi “Shanlurfasfor” safida harakat qiladi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Kiper bungacha Qirg‘izistonning “Dordoy” va “Olg‘a”, shuningdek Qozog‘istonning “Turon” hamda “Kaspiy” kabi jamoalari sharafini himoya qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport