
Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Kubogi-2026 musobaqasi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi "F" guruhidan joy egalladi va Qirg‘iz Respublikasi, Sharqiy Timor hamda Falastin terma jamoalari bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

2026 yilgi Osiyo Kubogi Indoneziyada o‘tishi 2024 yilning 8 noyabr sanasida ma’lum bo‘lgandi. Qit’a chempionati final raundida mezbonlardan tashqari saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tgan yana 15 ta jamoa ishtirok etadi.
2026 yili Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi saralash bahslari shu yilning 20-24 sentyabr sanalarida tashkillashtiriladi. Saralash musobaqasi guruh o‘yinlariga Tailand, Kuvayt, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Myanma, Malayziya hamda Xitoy Xalq Respublikasi mezbonlik qilishga buyurtma bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar