Angliyaning Liverpul shahrida bo‘lib o‘tayotgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida o‘zbekistonlik bokschilarimiz muxlislarga quvonch ulashishda davom etmoqda.
+90 kg vazn toifasida yurtimiz nomidan ringga ko‘tarilgan Jahongir Zokirov xitoylik raqibi Danabike Bayikevuziga qarshi bellashdi. Ushbu jang keskin va murosasiz tarzda kechdi. Zokirov bir necha bor o‘zining qattiq zarbalari bilan raqibini og‘ir ahvolga soldi. Hatto referi ham hisob ochishga majbur bo‘ldi.
Har ikki sportchi final yo‘llanmasi uchun oxirgi kuchini safarbar etdi. Biroq Zokirov o‘z tajribasi, aniq harakatlari va kuchli zarbalari bilan hakamlar e’tiborini to‘liq qozondi. Uch raund davom etgan to‘qnashuv yakunida yurtimiz vakili 5:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishib, finalga yo‘l oldi.
Endi Jahongir Zokirov hal qiluvchi bahsda kubalik mashhur bokschi Xulio La Kruz va qozog‘istonlik Aybek Uralbay to‘qnashuvida g‘olib chiqqan sportchiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Yurtdoshimiz finalda ham g‘alaba qozonishi uchun butun mamlakat o‘llab-quvvatlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!