
Bavariya jamoasi gʻalabali seriyasini davom ettirib, yangi rekord oʻrnatdi. Chorshanba kuni Myunxen klubi Germaniya Kubogining safardagi uchrashuvida Kyoln jamoasini 4:1 hisobida magʻlub etdi.
Bunday natija Venston Kompani jamoasi uchun mavsum boshlangandan beri ketma-ket 14-gʻalaba boʻldi. Bu Yevropaning beshta kuchli chempionati tarixi uchun mutlaq rekord sanaladi.
Oldingi rekord egasi 1992-yilda mavsumni 13 ta ketma-ket gʻalaba bilan boshlagan Milan jamoasi edi. 1-noyabr, shanba kuni Bavariya navbatdagi uchrashuvni oʻtkazadi, bu safar raqib Leverkuzenning Bayer jamoasi boʻladi.
Bundesliga turnir jadvalida Myunxen klubi 8 turdan soʻng 24 ochko va 30:4 toʻp farqi bilan birinchi oʻrinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar