
Bilasiz, hozirgi kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining dunyo sport sahnasiga aylangan Dubay shahrida erkaklar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Jahon chempionati qizg‘in pallada kechmoqda. IBA tashkiloti himoyasida o‘tayotgan mazkur nufuzli musobaqada terma jamoamiz vakillari ham munosib ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etmoqda.
-80 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Javohir Ummataliyev Gaiti sportchisi Sedrik Beloni-Duliyeprega qarshi bahs olib bordi. Ushbu bellashuv oldindan ham kutilgan e’tiborga arzigulik to‘qnashuv sifatida tilga olingandi. Jang to‘liq 3 raund davom etdi va har bir epizodda Javohirning ustunligi yaqqol sezilib turdi. U raqibini tinimsiz bosim ostida ushlab, texnik va taktik jihatdan aniq ustunlikka erishdi. Yakunda hakamlar ham bir ovozdan — 5:0 hisobida g‘alabani bokschimiz foydasiga qaror qildi.
Bu natija nafaqat Javohirning o‘z muvaffaqiyati, balki terma jamoamizning umumiy kayfiyatiga ham ijobiy ruh bag‘ishladi. Bokschimiz ko‘rsatgan iroda, metinlik va yuqori mahorat muxlislarda katta ta’sir qoldirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.