Yuranning o‘g‘li «Serik»dagi qarzlar haqida gapirdi

Yuranning o‘g‘li «Serik»dagi qarzlar haqida gapirdi
Himoyachi Artyom Yuran — «Serik Belediyespor» sobiq bosh murabbiyi Sergey Yuranning o‘g‘li — klub maosh bo‘yicha barcha qarzlarni to‘lab berishiga ishonishini bildirdi. Yuran kichikning aytishicha, Turkiya klubida o‘ynagan butun davri davomida u atigi bir marta maosh olgan.

«Buni endi yuqori instansiyalar — FIFA va CAS ko‘rib chiqadi. Maosh bo‘yicha qarzlar mavzusida Tufan Sadygov bilan gaplashmaganman.

Ammo o‘z pulimni olishimga ishonaman», — deya futbolchining so‘zlarini Sport24.ru keltiradi. Eslatib o‘tamiz, Yuran jamoaga otasi klub boshqaruviga kelganidan keyin qo‘shilgandi.

Sentyabr oyida klubda moliyaviy muammolar boshlandi va Sergey Yuran shartnomani bekor qildi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar