Messi dubl qildi: "Inter Mayami" safar o‘yinida g‘alaba qozondi

MLS chempionatining 8-turi doirasida «Kolorado Rapids» hamda «Inter Mayami» jamoalari o‘rtasida qizg‘in va keskin kurashga boy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvda Florida shtati nomidan maydonga tushgan «Inter Mayami» jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning asosiy qahramoni yana Lionel Messi bo‘ldi — u ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol etdi va dubl muallifiga aylandi. Shu orqali argentinalik yulduz o‘z professional faoliyatidagi umumiy gollar sonini 905 taga yetkazdi.
Oyin davomida tomonlar bir-biriga qarshi yuqori surʼat va hujumkor uslub namoyish etdi. “Kolorado” ham ikki bor javob golini urdi, ammo oxirgi so‘z yana mehmonlar tomonidan aytildi.
Natijaga ko‘ra, «Inter Mayami» muhim uch ochkoni qo‘lga kiritib, o‘z hisobini 15 ochkoga yetkazdi va Sharqiy konferensiyada 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Kolorado Rapids» esa G‘arbiy konferensiyada 6-pog‘onada qolmoqda.
MLS. 8-tur
Kolorado Rapids – Inter Mayami 2:3
Gollar: Navarro 58, Yapi 62 – Messi 18 (penalti), 80, Berterame 45+5
«Inter Mayami» tarkibi: Sent-Kler, Frey, Lujan (Pinter 70), Mikael, Allen, De Paul, Brayt, Segoviya, Silvetti (Allen 70), Berterame, Messi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!