Skaloni Messini Iordaniyaga qarshi zaxirada qoldiradi

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Iordaniyaga qarshi uchrashuvda jamoa sardori Lionel Messi asosiy tarkibda maydonga tushmasligini ma’lum qildi.
Skalonining ta’kidlashicha, navbatdagi bahsda imkoniyat oladigan futbolchilar bunga o‘z mehnati va munosabati bilan to‘liq loyiq.
«Ertaga maydonga tushadigan futbolchilar bu imkoniyatga munosib ekanini isbotladi. Ular jamoamizning bir qismi va umumiy jarayonning muhim ishtirokchilaridir. Biz qo‘lga kiritgan ko‘plab yutuqlarda ularning hissasi katta», — dedi mutaxassis.
Argentina bosh murabbiyi odatda asosiy tarkibga kirmaydigan o‘yinchilarning mashg‘ulotlardagi fidoyiligini ham alohida ta’kidladi.
«Ular asosiy tarkibda bo‘lmagan taqdirda ham ertasi kuni mashg‘ulotga birinchi bo‘lib keladi. Imkoniyat tug‘ilishi bilan ularga o‘yin vaqti beraman. Bu shunchaki boshqalar o‘ynamayotgani uchun emas, balki ular bunga munosib bo‘lgani uchun. Ular ajoyib futbolchilar», — deya Skalonining so‘zlarini keltirdi Ole nashri.
Shu tariqa, Iordaniyaga qarshi uchrashuvda Argentina tarkibida bir qator o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Lionel Messi esa bahsni zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi.
Ma’lumot uchun, Messi ayni paytda 5 ta gol bilan jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.































Izohlar 0
…