Frenki de Yong: «Messi — tarixdagi eng yaxshi futbolchi»

Frenki de Yong: «Messi — tarixdagi eng yaxshi futbolchi»

Niderlandiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Frenki de Yong Argentina yetakchisi Lionel Messining 2026 yilgi jahon chempionatidagi o‘yiniga yuqori baho berdi.

De Yongning ta’kidlashicha, Messining hali ham yuqori saviyada harakat qilayotgani uni hayratga solmagan.

«Yo‘q, Messining hali ham shu darajada o‘ynayotganidan hayron emasman. Messi — bu Messi. U tarixdagi eng yaxshi futbolchi, shuning uchun uning bunday o‘yini meni ajablantirmaydi», — deya de Yongning so‘zlarini keltirdi Diario Ole nashri.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Avstriyaga qarshi uchrashuvda Argentina 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu bahsda Messi dubl qayd etib, jahon chempionatlaridagi gollari sonini 18 taga yetkazdi.

Shuningdek, argentinalik yulduz JCH-2026 to‘purarlar poygasida 5 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi jahon chempionati 19 iyulga qadar davom etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar