Abu-Dabi larzaga keladi: UFC 333 turnirining barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi

Abu-Dabi larzaga keladi: UFC 333 turnirining barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • UFC 333 turniri joriy yilning 24 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida o'tkaziladi va uning dasturidan ikkita chempionlik jangi, revanshlar hamda Markaziy Osiyo jangchilari ishtirokidagi bahslar o'rin olgan.
  • Yarim yengil vazn toifasida Aleksandr Volkanovski (#chempion)
  • Movsar Yevloyev (#1)ga, eng yengil vaznda esa Pyotr Yan (chempion)
  • Merab Dvalishvili (#1)ga qarshi jang qiladi.

Joriy yilning 24 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahri dunyo yakkakurash ixlosmandlari intiqlik bilan kutayotgan yilning eng yirik va shov-shuvli turnirlaridan biri — UFC 333 raqamli jang kechasiga mezbonlik qiladi.

Turnir kardi ikkita jahon chempionlik kamari uchun kechadigan to‘qnashuv, kutilgan revanshlar hamda Markaziy Osiyo jangchilarining muhim bahslari bilan boyitilgan.

Ramazon Temirov uchun Top-5 sari ochiq yo‘l

O‘zbekistonlik yorqin nokautchi Ramazon Temirov (reytingda 7-o‘rin) o‘ta yengil vazn toifasida angliyalik mahoratli jangchi Loner Kavanaga (reytingda 6-o‘rin) qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ushbu to‘qnashuv g‘olibi divizionning kuchli beshligiga kirib, kelajakdagi chempionlik poygasining asosiy da’vogariga aylanadi.

Shuningdek, qo‘shni Tojikiston vakili Nurullo Aliyev yengil vaznda amerikalik tajribali jangchi Grant Dousonga (#15) qarshi bahs olib boradi.

Ikkita chempionlik jangi va dahshatli trilogiya

Turnirning markaziy janglarida dunyoning eng kuchli chempionlari o‘z unvonlarini himoya qiladi:

  • Yarim yengil vazn toifasi chempioni: Amaldagi chempion avstraliyalik Aleksandr Volkanovski rossiyalik mag‘lubiyatsiz da’vogar Movsar Yevloyevga (#1) qarshi mutlaq chempionlik bahsini o‘tkazadi;

  • Eng yengil vazn toifasi chempioni: Divizionning amaldagi chempioni rossiyalik Pyotr Yan hamda gruziyalik 1-raqamli da’vogar Merab Dvalishvili o‘rtasida ko‘pchilik kutgan tarixiy trilogiya — uchinchi hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tadi.

UFC 333: To‘liq janglar ro‘yxati (Bout List)

  • Yarim yengil vazn (Chempionlik jangi): Aleksandr Volkanovski (chempion) — Movsar Yevloyev (#1);

  • Eng yengil vazn (Chempionlik jangi): Pyotr Yan (chempion) — Merab Dvalishvili (#1);

  • O‘ta yengil vazn: Loner Kavana (#6) — Ramazon Temirov (#7);

  • Og‘ir vazn: Aleksandr Volkov (#2) — Rizvan Kuniyev (#5);

  • Yarim yengil vazn: Arnold Allen (#5) — Aaron Piko (#13);

  • Yarim og‘ir vazn: Dominik Reyes (#8) — Azamat Murzakanov (#9);

  • O‘rta vazn: Abus Magomedov (#14) — Kem Rouston;

  • Yarim og‘ir vazn: Nikita Krilov (#15) — Abdul-Rahmon Yaxyayev;

  • Yengil vazn: Grant Douson (#15) — Nurullo Aliyev.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar