Turkiyada «Oltin butsa»ni kim oladi? SI kim nechta gol urishini hisoblab chiqdi

Sun'iy intellekt prognoziga ko'ra, Turkiya Superligasining 2026/2027 yilgi mavsumida «Oltin butsa»ni 25 ta gol bilan Viktor Osimxen qo'lga kiritishi mumkin. Birinchi turda «Chorum»ga qarshi dubl qayd etgan Osimxen «Galatasaroy»ning 2:2 hisobidagi durangida jamoasining har ikki golini urdi. Reytingda Pol Onuachu 23 ta, Dushan Vlaxovich 20 ta, Romelu Lukaku 19 ta va Muhammad Saloh 18 ta gol bilan keyingi o'rinlarni egallagan.
Turkiya Superligasining 2026/2027 yilgi mavsumi kutilmagan natija bilan start oldi. Amaldagi chempion «Galatasaroy» liga debyutanti bo‘lgan «Chorum» klubi bilan bellashuvda 2:2 hisobida durang qayd etdi. Istanbul grandi safida har ikki golni nigeriyalik mahoratli forvard Viktor Osimxen kiritdi.
Bu yilgi chempionat o‘zining yulduzli tarkibi bilan tarixdagi eng murosasiz va shiddatli to‘purarlik bahsiga aylanishi kutilmoqda.
Yevropa yulduzlari Turkiyaga ko‘chdi: «Oltin butsa» uchun dahshatli raqobat
O‘tgan mavsumda 22 tadan gol urib, liganing tengsiz to‘purarlariga aylangan hamyurtimiz Eldor Shomurodov va nigeriyalik Pol Onuachu, shuningdek, Marko Asensio hamda Leroy Sane kabi yulduzlar safiga yangi mavsumdan boshlab jahon futbolining eng ko‘zga ko‘ringan hujumchilari kelib qo‘shildi.
Endilikda Turkiya yashil maydonlarida Muhammad Saloh, Dushan Vlaxovich, Meyson Grinvud, Leandro Trossard va Romelu Lukaku kabi top-ligalar to‘purarlari to‘p surmoqda.
Sun’iy intellekt hisob-kitobi: Kim nechta gol uradi?
Muxlislar o‘rtasidagi qizg‘in muhokamalarga oydinlik kiritish maqsadida ekspertlar sun’iy intellekt yordamida maxsus kompyuter algoritmlari orqali to‘purarlik poygasini simulyatsiya qildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, birinchi turdayoq dubl qayd etgan Viktor Osimxen asosiy da’vogar sifatida ko‘rsatildi. To‘liq prognoz reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Viktor Osimxen — 25 ta gol
Pol Onuachu — 23 ta gol
Dushan Vlaxovich — 20 ta gol
Romelu Lukaku — 19 ta gol
Muhammad Saloh — 18 ta gol
Meyson Grinvud — 16 ta gol
Eldor Shomurodov — 15 ta gol
Leandro Trossard — 13 ta gol
Vedat Muriki — 13 ta gol
Barish Alper Yilmaz — 12 ta gol
Xyon Gyu O — 9 ta gol
Andreas Skov Olsen — 8 ta gol
Sun’iy intellektning ushbu hisob-kitoblari qanchalik haqiqatga aylanishini va «Oltin butsa» kimga nasib etishini mavsum davomidagi shiddatli bahslar ko‘rsatib beradi.
Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.































Izohlar 0
…