PSJ Ajaks vingeri Mika Godtsni 55 million yevroga sotib oldi

PSJ Ajaksdan 21 yoshli belgiyalik vinger Mika Godtsni bonuslar bilan birga 55 million yevroga sotib olib, u bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Godts o'tgan mavsum Erediviziyada 17 ta gol urib, 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 2010/11-yilgi mavsumdan buyon Ajax tarixida bir mavsumda 15 tadan ortiq gol hamda golli uzatma qayd etgan uch futbolchidan biriga aylandi.
Parijning PSJ klubi yozgi transfer oynasidagi faol harakatlarini davom ettirib, Niderlandiyaning Ajaks jamoasidan isteʼdodli belgiyalik vinger Mika Godtsni oʻz safiga qoʻshib olganini rasman tasdiqladi. Goal.com xabar berishicha, 21 yoshli futbolchi uchun Parij klubi bonuslarni qoʻshib hisoblaganda 55 million yevro (taxminan 47 million funt sterling) toʻlashga rozilik bildirgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Erediviziyadagi yorqin mavsumidan soʻng Park de Prens stadioniga koʻchib oʻtgan yosh hujumchi fransuz klubi bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Mika Godts klub rasmiy saytiga bergan intervyusida dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qoʻshilganidan faxrlanishini taʼkidlab, klub rahbariyati hamda bosh murabbiy Luis Enrike yondashuviga munosib javob berishini bildirgan.
Niderlandiyadagi yorqin mavsum va tarixiy natijalar
Mika Godts oʻtgan mavsum davomida Niderlandiya chempionatining eng mahsulotdor qanot futbolchilaridan biriga aylandi. U Erediviziyada 17 ta gol urib, 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ushbu koʻrsatkich orqali u 2010/11-yilgi mavsumdan buyon bitta mavsumda 15 tadan ortiq gol va golli uzatma qayd etgan Ajax tarixidagi uchta futbolchidan biriga aylandi.Ajaks texnik direktori Jordi Kroyffning soʻzlariga koʻra, klub futbolchini saqlab qolishni istagan, biroq PSJ kabi grand jamoalarning qiziqishi qarshisida ojiz qolganini tan olgan. Kroyff uning oʻziga xos sifatlarga ega ekanligini va jamoaga katta foyda keltirganini alohida taʼkidlagan.
Hujum chizigʻidagi oʻzgarishlar va Bredli Barkolaning kelajagi
Fransiya grandi ushbu transferni amalga oshirishdan biroz avval Barselona hujumchisi Ferran Torresni ham taxminan 50 million yevro evaziga oʻz safiga qoʻshib olgan edi. Shuningdek, jamoaning sobiq Monako vingeri Magnes Akliush bilan ham boyitilgan hujum chizigʻi bosh murabbiy Luis Enrike qoʻl ostida raqobatni yanada kuchaytirdi.Yangi oʻyinchilarning kelishi sababli asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotib qoʻyayotgan Bredli Barkolaning kelajagi soʻroq ostida qolmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, Fransiya milliy jamoasi aʼzosi yozda Liverpul klubiga oʻtish variantini koʻrib chiqishga tayyor ekanligini bildirgan va uning Parijni tark etishi ehtimoli yuqori baholanmoqda.






























Izohlar 0
…