Dana Uayt Maxachev va Gerri jangi haqida shov-shuvli bayonot berdi!

1 daqiqa o'qish130
Dana Uayt Maxachev va Gerri jangi haqida shov-shuvli bayonot berdi!
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Islam Maxachev UFC 330 turnirining bosh jangida Yen Machado Gerri ustidan bir ovozdan g'alaba qozonib, yarim o'rta vazndagi chempionlik kamarini ilk bor himoya qildi.
  • UFC prezidenti Dana Uayt jang oldidan sensatsiya bo'lishini kutganini, Yen esa bunga juda yaqin kelganini aytdi.
  • Sal D'Amato va Mayk Bell bahsni 49-46, Erik Kolon esa 48-47 hisobida Maxachev foydasiga baholadi.
  • Jang 5 raund, ya'ni 25 daqiqa davom etdi va Maxachev oktagondagi tashabbusni to'liq nazorat qildi.

AQSHning Filadelfiya shahrida yakuniga yetgan UFC 330 raqamli turnirining bosh jangi — yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Islam Maxachev va 1-raqamli da’vogar Yen Machado Gerri o‘rtasidagi to‘qnashuv dunyo yakkakurash jamoatchiligida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Turnir yakunlanganidan so‘ng o‘tkazilgan rasmiy matbuot anjumanida UFC prezidenti Dana Uayt chempionlik bahsi oldidan kutilmagan natijani (apset) taxmin qilganini ochiq tan oldi.

«Islamga oson bo‘lmadi, Yen sensatsiyaga yaqin kelgandi»

Dana Uayt Islam Maxachevning sovuqqonlik bilan jang olib borganini e’tirof etgan holda, o‘zining shaxsiy taxminlari bilan o‘rtoqlashdi:

«Maxachev Gerrini nazorat qildi va uni to‘liq zararsizlantirdi. U jangda g‘alaba qozonish uchun aynan nima qilish kerak bo‘lsa, shuni bajardi. Men bugungi oqshom sensatsiya (apset) bo‘ladi deb hisoblagandim, o‘ylagandim. Bugun kutilmagan natija bo‘lishi mumkinligini sezgandim.

Chunki o‘rtaga juda ko‘p narsa tikilgandi — Islamning barcha rekordlari, Anderson Silvaning rekordini yangilashga urinish. Shundan kelib chiqib ham bugun kutilmagan natija bo‘lsa kerak deb kutgandim. Yen bunga juda yaqin ham keldi. Jang Islam uchun oson kechmaganini hamma ko‘rdi».

5 raundlik to‘qnashuv va hakamlarning bir ovozdan qarori

Da’vogarning kuchli qarshiligiga qaramay, amaldagi chempion oktagondagi tashabbusni boy bermadi va bahsni to‘liq 25 daqiqa o‘z nazoratida ushlab turdi:

  • Hakamlar bahosi: Yon hakamlar bir ovozdan g‘alabani rossiyalik chempionga taqdim etdi;

  • Aniq hisoblar: Ikki hakam — Sal D'Amato va Mayk Bell 49-46 hisobini Maxachev foydasiga qayd etgan bo‘lsa, uchinchi hakam Erik Kolon bahsni 48-47 hisobida Islamning g‘alabasi bilan baholadi.

Shu tariqa, Islam Maxachev nafaqat yarim o‘rta vazndagi chempionlik kamarini ilk bor himoya qildi, balki o‘z ustidagi ulkan psixologik va tarixiy bosimni muvaffaqiyatli yengib o‘tdi.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?