
Osiyo Kubogi musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir qator terma jamoalar o‘rtoqlik va nazorat o‘yinlarida ishtirok etishdi.
Bugun Iroq termasi Xitoy bilan bahs yuritdi. Unda iroqliklarning qo‘li baland keldi.
Ahmad Ibrohim va Muhannad Alining gollariga xitoyliklar Vu Lining penaltidan kiritgan to‘pi bilan javob qaytarishdi.
Yana bir bahsda Eron terma jamoasi Falastin bilan kuch sinashdi va kutilmaganda murosa yo‘lini tanladi.
Ikkinchi bo‘lim debyutida Mehdi Taremi forslarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Janatan Kantillana muvozanatni tikladi.
O‘rtoqlik o‘yinlari
Iroq – Xitoy 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 22 Ibrohim, 1:1 – 43 Li, 2:1 – 96 Ali.
Chetlatish: Li Yiming (82).
Falastin – Eron 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 50 Taremi, 1:1 – 87 Kantillana.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar