Jahon chempionati 2-saralash bosqichi 7-turidan o‘rin olgan Yaman - O‘zbekiston uchrashuvida vakillarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘FA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘yindan keyin OFK ikki jamoa roziligi bilan matbuot anjumani o‘tkazmaslikka qaror qilgan.
Biroq matbuot xizmati terma jamoamiz bosh murabbiyining bellashuvdan keyingi fikrlarini taqdim etdi:
Juda qiyin uchrashuv o‘tkazdik. Shunday bo‘lishini kutgan edim. Kimdir bizning osonlikcha g‘alaba qozonishimizni kutgan bo‘lishi mumkin. Ammo Yaman yaxshi o‘yin ko‘rsata olishini bilardim. Ular Saudiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan.
Biz o‘zimizning o‘yinimizni namoyish etdik. Bilishimcha, parallel bahsda Saudiya ham katta qiyinchilikka duch kelgan va ancha muddat davomida gol ura olmagan. Endi issiq ob-havoda Saudiyaga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.
Hujumga tezlik bilan o‘tishni istaganimiz uchun birinchi pasni berishda xatolarga yo‘l qo‘ymoqdamiz. Ular juda ko‘p noaniq harakatlarni keltirib chiqaryapti. To‘liq o‘z uslubimizda o‘yin ko‘rsata olmayapmiz. Shunday bo‘lsada, bizda bahs taqdirini hal etishimiz mumkin bo‘lgan bir necha vaziyatlar yuzaga keldi. Ularning darvozaboni bugun juda omadli o‘yin namoyish etdi.
Shogirdlarimini g‘alaba bilan tabriklayman. So‘nggi daqiqalar hayajonli tarzda o‘tdi va biz o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifani uddaladik.
Umar Eshmurodovda birinchi pas o‘tmayotganligini ko‘rib turibman. Futbolchilarga terma jamoa tajribasi kerak. Birinchi taymda uning hayajonlanayotgani ko‘rinib turgandi. Shundan keyin uning o‘rniga tajribali Ashurmatovni maydonga tushirdim va Rustam muvaffaqiyatli harakat qildi". “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi