Reid Hoffman Manus startapi sababli Microsoft kengashini tark etmoqda

Microsoft korporatsiyasi Reid Hoffman oʻn yillik samarali faoliyatdan soʻng kompaniya direktorlar kengashidan isteʼfoga chiqayotganini rasman eʼlon qildi. Hoffman 2016-yilda oʻzi asos solgan LinkedIn tarmogʻi Microsoft tomonidan 26,2 milliard dollarga sotib olingach, kengash tarkibiga qoʻshilgan edi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Hoffman Microsoft tarkibida boʻlgan davrda texnologiya olamida muhim oʻzgarishlar yuz berdi. Xususan, u 2019-yilda korporatsiyaning OpenAI loyihasiga ilk 1 milliard dollar sarmoya kiritish qarorida ishtirok etgan. Shuningdek, u OpenAI asoschilaridan biri boʻlib, manfaatlar toʻqnashuvi sababli 2023-yilda ushbu sunʼiy intellekt laboratoriyasi kengashini tark etgan edi.
Endilikda Hoffman oʻzining yangi loyihasi — Manus startapiga bor eʼtiborini qaratish uchun "asoschi rejimi"ga (founder mode) oʻtishini maʼlum qildi. Manus — dori vositalarini kashf qilish bilan shugʻullanuvchi kompaniya boʻlib, oʻtgan yili 50 million dollardan ortiq sarmoya jalb qilgan. Loyihaga taniqli shifokor va Pulitser mukofoti sovrindori Siddhartha Mukherjee rahbarlik qilmoqda.
Hoffmanning soʻzlariga koʻra, Manus sunʼiy intellekt sohasida "Move 37" darajasiga chiqishni, yaʼni kimyo sohasida inson ijodkorligidan oʻzib ketadigan texnologiyalar yaratishni maqsad qilgan. Bu texnologiya, ayniqsa, saratonning turli shakllariga qarshi kurashda yangi davrni ochishi kutilmoqda.





























Izohlar 0
…