Foto: iStock
O‘zbekiston diplomatlari Isroilning Geomage kompaniyasi ta’sischisi va GeoCloud.AI loyihasi bosh boshqaruvchisi Emil Guberman bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot chog‘ida neft va gaz sohasida tadqiqotlar o‘tkazish, jabhaga yangi texnologiyalar, zamonaviy xizmatlar va dasturiy ta’minotlarni jalb qilish yo‘nalishida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Emil Guberman O‘zbekistonda yillar davomida yig‘ilgan turli geologik va geofizik ma’lumotlarni hamda vizual materiallarni sun’iy intellekt asosida raqamlashtirilgan GeoCloud.AI konlar axborot tizimini yaratish bo‘yicha loyihasini amalga oshirish taklifini bildirdi.
- GeoCloud.AI dasturining afzalliklari O‘zbekistondagi barcha konlar bo‘yicha ma’lumotlarni izlash, talqin qilishni hamda eng samarali yechimlarni taklif qilishdan iborat, - dedi u.
Uchrashuv yakunida GeoCloud.AI kompaniyasi dasturining pilot loyihasini O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda «O‘zbekneftgaz» vakillari bilan muhokama qilish va amalga oshirish haqida kelishib olindi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring