Germaniyada AMD AM4 platformasi sotuvi qanday ahvolda

Germaniyaning Mindfactory savdo tarmog'ida AMD AM4 tizim platalari savdosi atigi 6,7 foizni tashkil etgan, AM5 platformasi esa 82,2 foiz ulush bilan yetakchilik qilgan. Xaridorlarning 90 foizdan ortig'i DDR5 xotirasini qo'llab-quvvatlaydigan platalarni tanlagan, Intel'ning LGA1851 va LGA1700 platformalari esa mos ravishda 6 foiz va 5,1 foiz ulush olgan.
Germaniyaning yirik Mindfactory chakana savdo tarmogʻi statistikasi shuni koʻrsatdiki, mamlakatda AMD AM4 platformasiga boʻlgan talab koʻpchilik kutganidan ancha past darajada qolmoqda. Ixbt.com maʼlumotiga koʻra, DDR5 xotirasining qimmatligi sababli AM4 ikkinchi nafasni olganiga qaramamy, nemis xaridorlari yangi tizim platalarini tanlashda zamonaviyroq yechimlarga ustunlik bermoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Oʻtgan oyda Mindfactory tarmogʻida sotilgan barcha AMD tizim platalari orasida AM4 ulushi taxminan 10 foizni tashkil etgan, aniqroq aytsak, 6,7 foiz koʻrsatkich qayd etilgan. Mutaxassislar bu raqamlar aynan tizim platalariga tegishli ekanini taʼkidlaydi. Odatda yangi AM4 platasi noldan kompyuter yigʻish jarayonida xarid qilinadi va bu yerda foydalanuvchilar arzonroq AM4 hamda kelajakda yangilash imkoniyatiga ega qimmatroq AM5 platformasi oʻrtasida tanlov qilishiga toʻgʻri keladi.
Sotuvlar statistikasi va yetakchi brendlar
Taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, AM5 platformasi barcha sotilgan tizim platalari savdosining asosiy qismini — 82,2 foizini egallagan. Shu bilan birga, Intelʼning LGA1851 platformasi 6 foiz, eskiroq LGA1700 esa 5,1 foiz ulushga ega chiqqan. Umuman olganda, xaridorlarning 90 foizdan ortigʻi DDR5 xotirasini qoʻllab-quvvatlaydigan platalarni tanlagani maʼlum boʻldi.Savdo hajmida brendlar kesimida ham aniq ustunliklar koʻzga tashlanadi. Jumladan, MSI kompaniyasi 52,3 foiz koʻrsatkich bilan bozor yetakchisiga aylangan. Undan keyingi oʻrinlarni 20,1 foiz bilan ASRock hamda 17,8 foiz ulushga ega boʻlgan Gigabyte egallagan.
Eng ommabop modellar va AM4 istiqboli
Oy davomida eng koʻp sotilgan tizim platalari qatoridan MSI brendi mahsulotlari joy oldi. Xususan, MSI MAG Tomahawk WIFI B850 modeli 160 ta nusxada sotilib, mutlaq yetakchiga aylandi. Shuningdek, MSI Gaming Plus WIFI B850 (110 dona) va MSI Gaming Plus WIFI6E B850 (100 dona) modellari ham xaridorlar orasida yuqori talabga ega boʻlgan.Shuni alohida taʼkidlash joizki, tizim platalari bozorida zamonaviy yechimlar ustunlik qilayotgan boʻlsa-da, AM4 protsessorlarining umumiy savdosi yuqoriligicha qolishi mumkin. Chunki foydalanuvchilar butun tizimni emas, faqat mavjud platformani yangilash jarayonida aynan eski avlod protsessorlarini alohida xarid qilishda davom etmoqda.






























Izohlar 0
…