Google kompaniyasi Apple AirTag raqobatchisi Pixel Tag qurilmasini taqdim etdi
Google korporatsiyasi shaxsiy buyumlarni qidirish va kuzatish uchun mo'ljallangan, narxi 29 dollardan boshlanadigan Google Pixel Tag qurilmasini taqdim etdi. Qurilma Android gadjetlarini birlashtirgan Google Find Hub tarmog'idan foydalanadi va uni smartfon yoki Pixel Watch orqali qidirish mumkin. Pixel Tag Bluetooth va Ultra Wideband texnologiyalariga ega, IP67 himoya standartini qo'llab-quvvatlaydi hamda almashtiriladigan CR2032 batareyasi taxminan bir yil xizmat qiladi.
Google korporatsiyasi "Made by Google 2026" taqdimotida shaxsiy buyumlarni qidirish va kuzatib borishga moʻljallangan yangi Google Pixel Tag gadjetini namoyish etdi. Narxi 29 dollardan boshlanadigan ushbu aqlli Mayak bozor yetakchisi boʻlgan Apple AirTag mahsulotiga munosib muqobil sifatida yaratilgan boʻlib, u Android foydalanuvchilari uchun qidiruv imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
ixbt.com maʼlumotiga koʻra, yangi qurilma oʻz ish faoliyatida butun dunyo boʻylab Android operatsion tizimida ishlaydigan millionlab gadjetlarni birlashtirgan Google Find Hub tarmogʻidan foydalanadi. Ushbu yondashuv Apple kompaniyasining Find My ekotizimiga oʻxshash boʻlib, yoʻqolgan buyumlarni global tarmoq yordamida tezkor topish imkonini beradi. Shuningdek, foydalanuvchilar oʻzlarining Pixel Tag qurilmasini nafaqat smartfon, balki Pixel Watch aqlli soati orqali ham toʻgʻridan-toʻgʻri chaqirishi va joylashuvini aniqlashi mumkin.
Dizayn va texnik koʻrsatkichlar
Tashqi koʻrinishi va shakli boʻyicha Pixel Tag asosiy raqobatchisi AirTagʼdan sezilarli darajada farq qiladi. Apple gadjeti kichik va dumaloq shaklga ega boʻlsa, Google choʻzinchoq va yupqaroq oval dizaynni tanlagan. Texnik xususiyatlarga koʻra, Pixel Tagʼning eni 1.1 dyuym, balandligi 1.8 dyuym va qalinligi 0.2 dyuymni tashkil etadi.Taqqoslash uchun, AirTag diametri 1.26 dyuym va qalinligi 0.31 dyuymga teng. Ogʻirliklari esa deyarli bir xil: batareya bilan birga Pixel Tag 0.4 unsiyani tashkil etsa, Apple qurilmasi 0.39 unsiya ogʻirlikka ega. Har ikki gadjet ham IP67 darajasidagi suv va changdan himoya standartiga ega boʻlib, 1 metr chuqurlikdagi suv ostida 30 daqiqagacha tura oladi.
Imkoniyatlari va sotuvga chiqish sanasi
Qurilma Bluetooth hamda aniq qidirish funksiyasi uchun Ultra Wideband texnologiyalari bilan jihozlangan, biroq unda NFC moduli mavjud emas. Gadjet korpusiga oʻrnatilgan dinamik yaqin masofada tovush chiqarib qidirishni osonlashtiradi. Oziqlanish manbai sifatida esa har ikki qurilmada qoʻllaniladigan almashtiriladigan CR2032 rusumli tangasimon batareya tanlangan boʻlib, u taxminan bir yil davomida xizmat qiladi.Aksessuarni kalitlar, sumkalar va boshqa qimmatbaho buyumlarga taqishga moʻljallangan. Manbaga koʻra, Google Pixel Tag joriy yilning 11-noyolidan boshlab sotuvga chiqariladi. Uning bittasi 29 dollardan, toʻrt dona jamlanmasi esa 99 dollardan baholanishi rejalashtirilgan.





























Izohlar 0
…