O‘zbekistonda avtobuslarda yo‘l haqini to‘lash qoidalari o‘zgaradi

O‘zbekistonda jamoat transportidan foydalanish tartibida yangi o‘zgarishlar joriy etilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 sentyabrdan boshlab avtobuslarda yo‘l haqini to‘lash qoidalari yangilanadi. Endilikda yo‘lovchilar transportga kirishi bilanoq yo‘l haqini darhol to‘lashi shart bo‘ladi. Aks holda, ular chiptasiz yo‘lovchi sifatida baholanishi mumkin.
Qoidaga amal qilmagan yo‘lovchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik ham belgilangan bo‘lib, BHMning o‘ndan bir qismi miqdorida jarima qo‘llaniladi. Hozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, bu summa 41 200 so‘mni tashkil etadi.
Mutasaddilarning bildirishicha, ushbu yangilik jamoat transportida to‘lov intizomini yaxshilash va xizmat sifatini oshirishga qaratilgan.
Shuningdek, kelajakda avtobus, metro va shahar atrofi elektr poyezdlari uchun to‘lov tizimini yagona platformaga birlashtirish rejalashtirilmoqda. Bu esa yo‘lovchilar uchun yanada qulay va tezkor to‘lov tizimini yaratishi kutilmoqda.





























Izohlar 0
…