Insult paytida hayotni saqlashi mumkin bo‘lgan sprey ishlab chiqildi

Xitoylik mutaxassislar insult paytida bemor hayotini saqlab qolishga yordam berishi mumkin bo‘lgan burun spreyini ishlab chiqdi. Yangi vosita NanoPowder deb nomlanadi.
Sprey tarkibidagi nanozarrachalar burun orqali yuborilib, dorini to‘g‘ridan to‘g‘ri miyaga yetkazishga yordam beradi. Bu usul gematoensefalik to‘siqni chetlab o‘tishi bilan ahamiyatli.
Mutaxassislarning aytishicha, insultda vaqt juda muhim. Bunday sprey shifoxonaga yetib borguncha bemorga qo‘shimcha imkoniyat berishi va nevrologik funksiyalarni saqlab qolishga yordam berishi mumkin.
Preparatning odamlardagi klinik sinovlari 2030 yilda boshlanishi kutilmoqda. Sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, keyinchalik uni dorixonalarda sotish rejalashtirilmoqda.





























Izohlar 0
…