15:20 / 09.08.2020
3 494

ZAZ-965 «Zaporojes»ning uch eshikli krossover ko‘rinishidagi o‘rinbosari dizayni taqdim etildi

ZAZ-965 «Zaporojes»ning uch eshikli krossover ko‘rinishidagi o‘rinbosari dizayni taqdim etildi
Foto: Carakoom
Askaniadesign Carstyling Studio dizaynerlari afsonaviy ZAZ-965 «Zaporojes» mashinasiga ajoyib o‘rinbosar dizaynini yaratdi. Bu haqda Carakoom xabar berdi. G‘oya muallifi Sergey Chumachenko mikroavtomobilning birdaniga ikkita versiyasini tayyorlagan.

«Zaparojes» avtomobil zavodi ancha vaqtdan buyon o‘zining avtomobillarini ishlab chiqarmaydi. So‘nggi model ZAZ-1103 «Slavuta»ni ishlab chiqarish 2011 yilda to‘xtatilgan.

Foto: Carakoom
Dastlabki eskizlar loyiha uchun umumiy tushunchani anglatdi. Endilikda sovet mikroavtomobili xetchbekka emas, uch eshikli krossoverga aylandi. Uning shakli bo‘yalmagan plastik elementlar va ajoyib g‘ildiraklar bilan uyg‘unlashgan.

Original ZAZ-965 «Zaporojes» havo sovutish dvigateliga ega edi. Zamonaviy avlod ko‘proq oddiylikni xush ko‘radi: kichik turbomotor old tomondan ko‘ndalang joylashgan bo‘lib, u old g‘ildiraklarni harakatga keltiradi.

Foto: Carakoom
Ushbu loyiha har tomonlama Nissan Juke, Opek Mokka, Peugeot 2008 kabi avtomobillari bilan raqobatlasha oladigan B sinfidagi arzon va yoshlarbop krossover sifatida yaratilgan. Uning retro ko‘rinishi Nissan Juke’ning oxirgi avlodini yodga soladi. Avtomobilning yangi versiyasi original «Zaporojes»nikidan kattaroq orqa chiroqlari, odatiy dizayndagi shina disklari, original old chiroqlariga ega bo‘ldi. Uning tomi orqa tomondan biroz o‘zgartirilgan.

Foto: Carakoom
Tabiiyki, bu dizayn shunchaki loyiha. ZAZ’ning ushbu loyiha bilan hech qanday aloqasi yo‘q va yaqin kelajakda ham o‘z dizayniga xos bo‘lgan avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmagan. Bundan tashqari, sotuvga ushbu avtomobillarning faqat eski modellari chiqariladi.

Foto: Carakoom

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » ZAZ-965 «Zaporojes»ning uch eshikli krossover ko‘rinishidagi o‘rinbosari dizayni taqdim etildi