Mirshakar Fayzulloyev “Shuhrat” medalini olgan ilk stendap-komik bo‘ldi

Mirshakar Fayzulloyev “Shuhrat” medalini olgan ilk stendap-komik bo‘ldi

Stendap-komik Mirshakar Fayzulloyev “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. U Prezidentning madaniyat, san’at va adabiyot sohasi vakillarini mukofotlash haqidagi farmoniga ko‘ra ushbu e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Ijodkorning aytishicha, bu xushxabarni eshitganida oilasi davrasida bo‘lgan. Dastlab u nima bilan tabriklashayotganini tushunmagan, keyin esa unga farmondan skrinshotlar yuborishgan.

“Xabarim ham yo‘q edi. Hamma tabriklay boshladi. Keyin o‘zim ham juda xursand bo‘ldim”, — deydi Mirshakar Fayzulloyev.

Uning ota-onasi ham bu yangilikdan quvongan. Ijodkorning aytishicha, bu ularning oilasidagi ikkinchi “Shuhrat” medali bo‘lib, avval bunday mukofot uning otasiga berilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar