AQSH prezidenti Jo Bayden XXR raisi Si Szinpin telefon muloqoti o‘tkazdi. Ushbu muloqot ikki soat davom etdi. Bu yil boshidan beri ikki siyosatchining beshinchi telefon muloqotidir. Si Szinpin Bayden bilan suhbatda Tayvan masalasi haqida gap ochgan.
«Olov bilan o‘ynagan kishi, albatta, o‘zini yoqib yuboradi», deya Si Szinpinning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Sinxua».
U AQSH tomonini «yagona Xitoy» siyosatiga rioya qilishga chaqirdi va Xitoy o‘z suverenitetini himoya qilishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rasmiy Pekin AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga ehtimoliy tashrifi bo‘yicha bayonot bergan. Jumladan, Xitoy mudofaa vazirligi matbuot kotibi Tan Kefey Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyursa, Xitoy harbiylari qo‘l qovushtirib o‘tirmasligi haqida ogohlantirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?