Xitoyda robot-itlar uchun 1 000 daraja issiqlikka chidamli himoya kiyimi yaratildi (video)

Dunyo2 daqiqa o'qish13
Xitoyda robot-itlar uchun 1 000 daraja issiqlikka chidamli himoya kiyimi yaratildi (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Xitoylik muhandislar robot-itlar uchun 1 000 daraja Selsiygacha bo‘lgan issiqlikka chidamli, aerokosmik materiallardan tayyorlangan maxsus himoya kiyimini ishlab chiqdi.
  • Szyansu provinsiyasining Suchjou shahridagi yong‘in-qutqaruv bo‘linmasida o‘tkazilgan sinovda robot olov ichida 10 daqiqa davomida shikastlanmasdan harakatlanib, o‘zining barqarorligini namoyish etdi.

Xitoylik muhandislar robot-itlarni 1 000 daraja Selsiygacha bo‘lgan haroratdan himoya qila oladigan maxsus kiyim ishlab chiqdi. U bilan jihozlangan robot-it olov ichida 10 daqiqa davomida harakatlanib, sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda Xitoyning Science and Technology Daily nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, sinov 25 noyabr kuni Szyansu provinsiyasining Suchjou shahridagi yong‘in-qutqaruv bo‘linmasida o‘tkazilgan. Tajriba davomida somon, ko‘mir va benzin yordamida kuchli olov hosil qilinib, maxsus himoya kiyimi kiydirilgan robot-it shu hududga yuborilgan.

Robot olov ichida bemalol harakatlangan, yo‘nalishini o‘zgartirgan va ma’lum vaqt bir joyda turgan. 10 daqiqadan so‘ng u olovdan shikastlanmasdan chiqqan. Sinovdan keyin uning harakati barqaror qolgan, batareya joylashgan qismdagi harorat taxminan 43 daraja, bo‘g‘im motorlarida esa 70 daraja atrofida bo‘lgan.

Olov oldida to‘rt oyoqda turgan va qisman yonayotgan g‘ayritabiiy qora haykal.

Himoya kiyimi qanday ishlaydi?

Mutaxassislar ishlab chiqqan maxsus kiyimning qalinligi atigi 5–6 millimetrni tashkil etadi. U bir nechta qatlamdan iborat bo‘lib, tashqi qismi olovga chidamli, ichki qatlamlari esa issiqlikni o‘tkazmaslik, yutish va qaytarish vazifasini bajaradi.

Ushbu texnologiyani yaratishda Xitoyning «Chanchjen-5» (Long March 5) raketa-tashuvchisi uchun ishlab chiqilgan aerokosmik issiqlikdan himoya materiallaridan foydalanilgan.

Dastlabki sinovlarda robot-itning tanasi himoyalangan bo‘lsa-da, rezina oyoqlari olov ta’sirida yona boshlagan. Shundan so‘ng muhandislar rezina tarkibiga olovga chidamli va issiqlikni qaytaruvchi materiallarni qo‘shib, oyoq qismini ham takomillashtirgan.

Robot-it yong‘in paytida qanday vazifalarni bajaradi?

Maxsus himoya kiyimi bilan jihozlangan robot-it nafaqat yuqori haroratga chidaydi, balki qalin tutun orasida ham atrof-muhitni kuzatish imkoniyatiga ega. U lazerli tasvirlash texnologiyasi yordamida tutun ichidagi obyektlarni aniqlay oladi.

Shuningdek, qurilma 5G aloqasi va videouzatishning zaxira tizimi bilan jihozlangan. Ishlab chiquvchilar ma’lumotiga ko‘ra, u 30 qavatdan baland binolar ichida ham masofadan boshqarilishi va yuqori sifatli tasvirlarni uzatishi mumkin.

Mutaxassislar mazkur texnologiya yong‘in o‘chiruvchilar bino ichiga kirishidan oldin olov manbasini aniqlash, tutun bosgan hududni tekshirish va ichida qolib ketgan odamlarni topishda yordam berishini kutmoqda.

Loyiha mualliflari bunday robot-itlar yong‘in holatlarining taxminan 95 foizida qo‘llanilishi mumkinligini bildirgan. Himoya kiyimi uchun ishlatiladigan materialni ommaviy ishlab chiqarishga tayyorlash ham rejalashtirilgan. Kelgusida undan yong‘in o‘chiruvchilarning maxsus kiyimlarini tayyorlashda ham foydalanish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?