
Bosh vazir Liz Trass iqtisodiy muammolarni yechishga qodir emaslikda ayblanganidan keyin, 20 oktabr kuni iste’foga chiqishi haqida e’lon qildi. U bosh vazir lavozimini 45 kun davomida egallab turdi, bu zamonaviy Britaniya tarixida rekord darajada qisqa muddatdir.
Bu vaqt mobaynida u kansler Kvazi Kvarteng bilan birgalikda taqdim etilgan Kelsi yil uchun qisqa budjet loyihasi uchun tanqidga uchrashga ulgurdi, shundan keyin mamlakatda moliya va ipoteka bozorlari keskin pasayib ketdi.
Shuningdek, Trass Kvartengning taklifi bilan soliqlarni kamaytirish va ayni vaqtda boy britaniyaliklar uchun soliq majburiyatlarini susaytirishni rejalashtirgani uchun ham tanqid qilindi.
Shundan keyin Buyuk Britaniyaning besh yillik davlat obligatsiyalari daromadliligi 4,6 foizga, maksimal darajagacha o‘sdi, bu esa mamlakat qarz qog‘ozlariga talab pasayganini bildiradi.
Funt sterling kursi ham tushib ketdi va dollar kursiga deyarli teng bo‘lib qoldi. Mojarodan keyin u Kvartengni ishdan bo‘shatdi, biroq bu uni bosimlardan saqlab qolmadi, oxir-oqibat u iste’fo berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar