
Ukrainada urushning 605-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- General-polkovnik Viktor Afzalov rasman Rossiya havo-kosmik kuchlari boshlig‘i etib tayinlandi. U bu lavozimda Sergey Surovikin o‘rnini egallagan.
- Maltada noyabr oyi oxirida Global janub mamlakatlari ishtirokida Ukraina bo‘yicha uchinchi tinchlik sammiti bo‘lib o‘tadi.
- Volodimir Zelenskiy Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.
- Ukraina QK ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat shimolida piyodalarga qarshi 500 mingta mina o‘rnatilgan.
- Rostov oblastida o‘tgan kun davomida ikki bor havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushdi.
- Rossiyalik harbiylar Kriviy Rihni o‘qqa tutdi. Bir kishi halok bo‘lgan, sanoat infratuzilma obekti shikastlangan.
Chernobildagi hayot tarzi
Chernobil yot hududi — Chernobil AES atrofida 30 kilometr radiusdagi hudud. Bu hudud aholisi 1986 yil stansiyada ro‘y bergan avariyadan keyin evakuatsiya qilingandi. 2022 yil fevralida Rossiya qo‘shini bosqinining ilk kunlarida zonaning katta qismi (jumladan, stansiyaning o‘zi ham) egallab olingandi, ammo mart oyi oxiriga kelib ular ChAES hududidan chekinadi. Bu davr ichida aholi yashash manzillariga olib boruvchi ko‘priklar portlatilgan. Qator qishloqlar quruqlik orqali ta’minotdan uzilib qolgan — bu hududlarda asosan 1986 yilda ham o‘z uyini tark etishdan bosh tortgan keksa yoshli kishilar yashaydi. Quyida ularga bugungi kunda qanday ko‘mak ko‘rsatilayotgani aks etgan suratlar.

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Avdiyivka yaqinidagi ukrain artilleriyachilari
Avdiyivka Ukrainadagi urushning eng qaynoq nuqtalaridan biriga aylangan. Rossiya qo‘shini so‘nggi haftalarda shaharni qurshab olishga harakat qilmoqda, ammo hamon Ukraina mudofaasini yorib o‘tishning imkoni bo‘lmagan. Quyida Avdiyivka atrofida jang qilayotgan ukrain artilleriyachilari.

Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Donetsk o‘qqa tutilishidan keyin chiqqan yong‘in

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina QKning Donbassdagi tibbiyot punkti

Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA



Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainaning Zaporijjya oblastidagi tankka qarshi vzvodi

Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA

Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA

Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
Kiyev oblastida tuzatilayotgan harbiy texnikalar

Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA

Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA

Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA

Xarkivda bolalar uchun xavfsizlik darslari

Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Rossiya qo‘shinlari shtabiga borgan Vladimir Putin
Vladimir Putin Rossiya qo‘shinlarining Rostov-Dondagi shtabiga tashrif buyurdi. U RF QK bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovning hisobotini tingladi — u Putinga birlashgan qo‘shinlar guruhi topshiriqlarni «maxsus harbiy amaliyot» rejasiga muvofiq bajarayotgani haqida hisobot bergan. Xayrlashuv chog‘ida, Gerasimovning qo‘lini siqarkan, Putin «barcha komandirlar»ga salom yo‘llashni so‘ragan, deb yozadi TASS. Gerasimov bu iltimosni albatta bajarishga va’da bergan.

Gavriil Grigorov / Sputnik / AP / Scanpix / LETA