Foto: Picture Alliance
Polshalik fermerlar va tashuvchilar yana Polsha-Ukraina chegarasidagi «Medika - Shegini» nazorat-o‘tkazish punktini to‘sib qo‘yishni boshladi. RMF24 axborot portalining 4 yanvar, payshanba kuni xabar berishicha, rojdestvoda to‘xtatilgan norozilik aksiyasi mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da qayta boshlangan. Boshqa narsalar qatorida, uning ishtirokchilari makkajo‘xori sotib olish uchun davlatdan subsidiyalar, kredit va soliq siyosatini yumshatishni talab qilmoqda.
Namoyishchilardan biri Roman Kondrovning aytishicha, agar Polsha Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan polshalik fermerlar talablarini inobatga olgan holda shartnoma imzolansa, blokadaga barham berish mumkin. Polskie Radio xabar berishicha, aksiya ishtirokchilari chegaradan soatiga uchta mashina o‘tishiga ruxsat beryapti. «Medika - Shegini» nazorat-o‘tkazish punkti bir oyga to‘sib qo‘yilishi kutilmoqda.
Polsha-Ukraina chegarasidagi nazorat punktlari blokadasi
O‘tgan yilning 11 dekabr kuni Ukraina va Polsha o‘rtasidagi chegaradagi eng yirik nazorat-o‘tkazish punkti - «Yagodin - Doroxusk» polshalik tashuvchilar tomonidan bir necha haftalik blokadadan so‘ng yuk mashinalari harakati uchun qayta ochildi. Polshaning Doroxusk rasmiylari ushbu nazorat-o‘tkazish punktida norozilik namoyishlarini o‘tkazishga berilgan ruxsatnoma bekor qilinishini bildirdi. Biroq, 18 dekabr kuni blokada qayta tiklandi.
Polsha tashuvchilariga keyinroq fermerlar ham qo‘shildi, ular noyabr oyining o‘rtalarida Ukraina bilan chegaradagi yo‘l nazorat-o‘tkazish punktlarini, jumladan «Yagodin - Doroxusk», «Krakoves - Korchevaya», «Xrebennoye - Rava-Russkaya», «Medika - Shegini»Shegini yo‘llarini to‘sib qo‘ydi. Ular Ukraina tijorat tashuvchilari uchun avval bekor qilingan ruxsatnoma tizimini tiklashni talab qilmoqda, biroq insonparvarlik yordami va harbiy yuklar bundan mustasno. O‘tkazish punktlarining to‘sib qo‘yilishi natijasida minglab yuk mashinalari chegarada to‘planib qolgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi