Foto: Getty Images
Buyuk Britaniya qiroli Charlz III o‘z merosxo‘riga tojni topshirishga tayyorgarlikni kutilganidan erta boshladi. Bu haqda Daily Mirror yozdi.
Taxt vorisi haqidagi qonunga ko‘ra, Charlzning to‘ng‘ich o‘g‘li, shahzoda Uilyam Buyuk Britaniyaning keyingi qiroli bo‘lishi kerak.
Britaniya qirollik oilasi bo‘yicha mutaxassis Tom Kuin so‘zlariga ko‘ra, vorislik rejalari Charlz III saraton kasalligiga chalingani haqidagi xabardan ko‘p o‘tmay tuzila boshlagan. Qirolning kasalligi aniqlanishidan oldin, merosxo‘rlik masalalari kamida yana o‘n yil davomida muhokama qilinishi kutilmagan edi. Uning fikricha, bu Charlz chalingan xastalikning xavfli ekanini ko‘rsatishi mumkin.
5 fevral kuni Charlz III saraton kasalligiga chalingani ma’lum bo‘ldi. Bakinghem saroyiga ko‘ra, kasallik 75 yoshli monarxda prostata bezining kengayishi bilan bog‘liq davolash muolajalari paytida aniqlangan. Charlz III mish-mishlarning oldini olish uchun o‘z tashxisini omma bilan baham ko‘rishga qaror qilgan. Shundan so‘ng, qirol o‘z vakolatlarini bajarishda davom etishi, ammo jamoatchilik bilan aloqalari to‘xtatilishi haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!