07:01 / 07.03.2024
132

Mariya Zaxarova: “Rossiyada kimgadir hujum qilish rejasi hech qachon bo‘lmagan, jumladan, NATOga ham”

Mariya Zaxarova: “Rossiyada kimgadir hujum qilish rejasi hech qachon bo‘lmagan, jumladan, NATOga ham”
Foto: TASS
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Rossiya hech kimga, shu jumladan NATOga ham hujum qilishni rejalashtirmayotganini, mamlakatda bunday, rejalar hech qachon bo‘lmaganini xabar berdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Rossiyada hujum qilish, to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita tajovuz qilish, NATO, Vashington, Ukraina yoki kim bilan bo‘lishidan qat’i nazar, hech kim bilan urushga kirish niyati yo‘q. Bunday maqsad oldin ham bo‘lmagan. Aksincha, NATO — kollektiv G‘arb Rossiyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid qilmoqda”, — degan Rossiya rasmiysi.

Zaxarovaga ko‘ra, NATOning Rossiyaga nisbatan dushmanlik kayfiyatining yorqin ifodasi bu G‘arbda Moskvaga nisbatan insonlarda shakllantirilgan yomon tasavvurlardir. Aynan shu tasavvurlar yillar davomida keskinlikni tayyorlab kelgan.

NATOga a’zo mamlakatlar xalqlari tushunishi kerakki, ular tomonidan mamlakatimiz xavfsizligiga tahdid soladigan har qanday harakat javobsiz qolmaydi”, — degan Zaxarova.

Matbuot kotibi uch kun oldin 20 ming askar ishtirokida Finlyandiyada boshlangan NATO harbiy mashg‘ulotlariga diqqat qaratgan. Ushbu mashg‘ulotlar, Kremlga ko‘ra, provokatsion xarakterga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo