19:45 / 29.04.2024
211

Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi

Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Pop yo‘nalishida ijod qiluvchi dunyoga mashhur xonanda Billi Aylish Rolling Stone nashriga bergan intervyusida suvga sho‘ng‘ishdan va dengiz kitlaridan juda qo‘rqishini tan oldi, deb yozadi Europaplus nashri.

Foto: Billboard
22 yoshli iste’dodli xonandaning aytishicha, bolaligida suzish to‘garaklariga qatnagan. Kunlarning birida Billi o‘zining treneri rahbarligida suvga sho‘ng‘ishi kerak edi. Murabbiy unga “suvning tubiga yetib borganda nima qilish kerakligini o‘zing tushunib ol”, deb aytgan. Natijada qo‘rqib ketgan Billini suv oqimi olib ketgan va uning hayotini qutqaruvchilar saqlab qolgan. Shu kundan boshlab Billi suzish mashg‘ulotlariga qayta bormagan.

Billi Aylish dengiz jonivori — kitlardan ham juda qo‘rqadi:

Men tabiatda kitlar mavjudligini hatto qabul ham qila olmayman. Bu mavjudotlar o‘ta bahaybatligi bilan meni doim dahshatga solgan. Ular chiqaradigan tovushdan esa men qo‘rquvdan hushimni yo‘qotaman”, — deydi yosh xonanda.

Foto: Rolling stone
Billi ko‘k rangni ham xush ko‘rmaydi.

Ko‘p yillar mobaynida sochlarimni ko‘k rangga bo‘yab yurganim ham ahmoqlik bo‘lsa kerak, axir men bu rangni yoqtirmayman-ku”, — dedi xonanda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi